Конкурс
Dilbar Abduraxmonova nomidagi yoş dirijyorlar respublika tanlovi
22–27 ноября 2026 г. · Ташкент
О событии
16 dan 35 yoşgaça bölgan yoş dirijyorlar uçun möljallangan konkurs bölib, uç nominatsiyada — simfonik orkestr, özbek xalq çolğulari orkestri va xor dirijyorligi böyiça — ötkaziladi. Taşkilotçilar — Özbekiston Madaniyat vazirligi, "Orkestr va xor jamoalari" ijodiy birlaşmasi va Özbekiston davlat konservatoriyasi. Gran-pri va laureatlar 2027-yil aprelida bölib ötadigan Muxtor Aşrafiy nomidagi xalqaro konkursda iştirok etiş huquqini avtomatik qölga kiritadi
Условия участия
Tanlovda iştirok etiş uçun talabgorlar belgilangan tartibda röyxatdan ötişlari va quyidagi hujjatlarni taqdim etişlari lozim: 3×4 sm hajmdagi fotosurat, yuqori sifatli badiiy fotosurat, pasport yoki ID-karta nusxasi, şuningdek, birinçi bosqiçda ijro etiladigan asar va uning muallifi haqidagi maʼlumot.
Tanlov uç bosqiçda ötkaziladi. Birinçi bosqiçda iştirokçilar tanlagan asarlarini ikki royal jörligida ijro etib, dirijyorlik mahoratini namoyiş etadilar. Ikkinçi bosqiçda tanlov iştirokçilari musiqiy jamoalar bilan 20 daqiqalik amaliy repetitsiya ötkazadilar. Uçinçi bosqiçda esa tayyorlangan dastur asosida konsert ijrosi namoyiş etiladi.
Iştirokçilarning dirijyorlik texnikasi, uslubiy aniqligi, badiiy yaxlitlikni taʼminlaş mahorati va artistizmi hakamlar hayʼati tomonidan baholanadi. Tanlov yakunida Gran-pri, I, II va III darajali laureatlar hamda diplomantlar aniqlanadi. Gran-pri sohibi va laureatlar 2027-yil ötkaziladigan Muxtor Aşrafiy nomidagi xalqaro tanlovda töğridan-töğri iştirok etiş huquqini qölga kiritadila

