Maxfiylik siyosati
Ijodkor (ijodkor.art) — ijodkorlar va jamoalarni birlashtiruvchi platforma. Bu sahifada qanday maʼlumotlarni yigʻishimiz, ulardan nima uchun foydalanishimiz va ularni qanday himoya qilishimiz tushuntirilgan.
Oxirgi yangilanish: 21.10.2026
1. Qanday maʼlumotlarni yigʻamiz
- Hisob maʼlumotlari: kirish usuliga qarab — telefon raqamingiz (Tasdiq ID orqali) yoki Google hisobingizdagi ism va email manzil.
- Profil maʼlumotlari: siz oʻzingiz kiritgan ism yoki jamoa nomi, kasb, shahar, qisqa tavsif, rasm, portfolio materiallari (video, audio, rasm, hujjatlar), tajriba va boshqa maʼlumotlar.
- Platformadagi faoliyat: xabarlar, takliflar, kasting va vakansiyalarga arizalar, eʼlonlar, sevimlilar roʻyxati.
- Texnik maʼlumotlar: kirish sessiyasi va tanlangan til uchun zarur cookie fayllar, xavfsizlik uchun IP manzil va soʻrovlar jurnali.
2. Maʼlumotlardan nima uchun foydalanamiz
- Hisobingizni ochish, sizni tanish va platformaga kirishingizni taʼminlash.
- Profilingizni katalogda koʻrsatish, ijodkorlar va izlovchilarni bogʻlash, xabar va arizalarni yetkazish.
- Moderatsiya: profil va materiallarni eʼlon qilishdan oldin tekshirish, qoidabuzarlik va firibgarlikning oldini olish.
- Platformani yaxshilash va xavfsizligini taʼminlash. Reklama uchun maʼlumotlaringizdan foydalanmaymiz va ularni sotmaymiz.
3. Google foydalanuvchi maʼlumotlari
- Google orqali kirganingizda Google’dan faqat ism, email manzil va hisob identifikatorini olamiz (openid, email, profile ruxsatlari).
- Bu maʼlumotlar faqat hisobingizni ochish va sizni tanish uchun ishlatiladi. Email manzilingiz boshqa foydalanuvchilarga koʻrsatilmaydi.
- Google’dan olingan maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga bermaymiz, sotmaymiz va reklama uchun ishlatmaymiz. Ulardan foydalanish Google API Services User Data Policy, jumladan Limited Use talablariga mos keladi.
4. Kim koʻradi
- Profilingiz va eʼlon qilingan portfolio materiallaringiz moderator tasdiqlagach hamma uchun ochiq boʻladi — shuning uchun profilga telefon va manzil yozmang.
- Telefon raqamingiz va email manzilingiz boshqa foydalanuvchilarga koʻrsatilmaydi.
- Xabarlarni faqat suhbat ishtirokchilari koʻradi. Platforma maʼmuriyati shikoyat yoki qoidabuzarlikni tekshirishda xabarlarni koʻrishi mumkin; har bir bunday koʻrish jurnalda qayd etiladi.
- Qonun talab qilgan hollarda maʼlumotlar vakolatli davlat organlariga berilishi mumkin.
5. Saqlash va himoya
- Maʼlumotlar platforma serverlarida saqlanadi, ulanish shifrlangan (HTTPS). Kirish uchun parol saqlanmaydi — kirish Tasdiq ID yoki Google orqali amalga oshadi.
- Maʼlumotlar hisobingiz faol boʻlgan davrda saqlanadi. Hisob oʻchirilganda profil, materiallar va shaxsiy maʼlumotlar oʻchiriladi; xavfsizlik jurnallari qonunda belgilangan muddatgacha saqlanishi mumkin.
6. Sizning huquqlaringiz
- Profil maʼlumotlarini istalgan vaqtda kabinetda koʻrishingiz, tahrirlashingiz va materiallarni oʻchirishingiz mumkin.
- Hisobingizni toʻliq oʻchirish yoki maʼlumotlaringiz nusxasini olish uchun bizga murojaat qiling — soʻrov 30 kun ichida bajariladi.
7. Cookie fayllar
- Faqat zarur cookie fayllardan foydalanamiz: kirish sessiyasi, tanlangan til va cookie haqidagi tanlovingiz. Reklama yoki kuzatuv cookie’lari yoʻq.
8. Oʻzgarishlar
- Siyosat oʻzgarsa, ushbu sahifada yangi tahriri va sanasi eʼlon qilinadi. Muhim oʻzgarishlar haqida platformada xabar beramiz.